Siz lidermisiz?

Savollarga o'ylab o'tirmasdan javob bering. Uchta javobni ishlatishingiz mumkin: "Ha", "Yo'q" va "Bilmayman".

1. Bolaligimdanoq boshqa insonlarga bo'ysunish men uchun katta muammo edi.
2. Menimcha, boshqalar ustidan hukmdorlik qilish hissi rivojlangan insonlarsiz fan va madaniyatda rivojlanish bo'lmagan bo'lardi.
3. Menimcha, haqiqiy erkak ayolni o'z irodasiga bo'ysundirishning uddasidan chiqa oladi.
4. Rostini tan oladigan bo'lsam, yaqinlarimning g'amxo'rligidan ensam qotadi.
5. Ayolning asl tabiati bo'ysunuvchanlik, degan tasdiqqa to'la-to'kis qo'shilaman.
6. Yaqinlarimning farovon yashashlari uchun barcha mas'uliyatni o'z zimmamga olishga majbur ekanligimni menimcha xamma xam tushunavermasa kerak.
7. Menimcha, juda ko'plab muammolar qattiqqo'l lider yo'qligidan kelib chiqadi.
8. Tezda qaror chiqarilishi lozim bo'lgan murakkab vaziyatlarda to'g'ri yo'l tutishim uchun ko'p vaqt talab etilmaydi.
9. Nimani sevishimni juda yaxshi bilaman va boshqa insonlarni boshqarishim mumkin.
10. Hech kimning oldida oxirigacha ochilishni istamayman va bu qo'limdan ham kelmaydi.
11. "Sokin go'sha" haqidagi orzular menga yoqadi.
12. Menimcha, xodim boshlig'ining har qanday buyrug'ini bajara olishi kerak.
13. Ehtimol, bu g'alati ko'rinar, biroq yaqinlaridan nimanidir so'rash to'g'ri kelib qolgan vaziyatlarda ich-ichimdan qarshilik sezaman.
14. Mendan kimdir izoh talab qiladigan vaziyatlar tez-tez ro'y berib turadi, biroq mening nazarimda, hammasi shundoq ham ravshan bo'ladi.
15. Fikrimcha, xarakterim oilamizda ustun bo'lgan otam (onam) ning xarakteriga juda o'xshash.