Kursning davomiyligi: 2 soat
Kursning maqsadi: “Talabalar turar joylarida gender tengligini ta’minlash, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish” interaktiv onlayn kursi oliy ta’lim muassasalari talabalariga talabalar turar joylarida gender tengligini ta’minlash va tazyiq hamda zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berishni maqsad qiladi.
O‘zbekiston oliy ta’lim muhitida gender tenglikni ta’minlash nafaqat qizlar balki yigitlar uchun ham xavfsiz, o‘zaro hurmatga asoslangan muhit yaratish uchun zarur. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58-moddasida erkaklar va ayollar teng huquqliligi belgilangan. Shu bilan birga, gender tenglik tamoyillari oliy ta’limdagi har bir jarayonda aks etishi lozim. Talabalariga talabalar turar joylarida esa barcha talabalarning o‘zini erkin, tazyiq va zo‘ravonliklardan holi tutishi va huquqlarining himoyalanishi muhim, bu o‘quv jarayonida muvaffaqiyat va shaxsiy rivojlanish uchun asos bo‘ladi.
Nega bu muhim? Hech kim gender nuqtayi nazaridan kamsitilish yoki nohaq muomalaga uchramasligi kerak. Talabalar turar joylarida ko‘pincha turli viloyatlardan, turli qarashlarga ega yigit va qizlar bir joyda yashaydi. Bu muhitda o‘zaro hurmat, teng imkoniyatlar yaratish va har qanday tazyiq yoki tajovuzga yo‘l qo‘ymaslik, sog‘lom akademik va ijtimoiy muhit garovidir.
Kurs 4 ta moduldan iborat. Mazkur modullarning har biri qisqacha kirish qismi, asosiy ma’lumotlar, real hayotiy vaziyatlar asosidagi keyslar, qiziqarli va interaktiv sinov testlar va yakuniy qismdan iborat. Kurs yakunida yakuniy test topshiriladi hamda uning natijalari asosida tinglovchilarga sertifikat taqdim etiladi.