Kurs davomiyligi: 1,5-2 soat
Kurs auditoriyasi: Talabalar turar joylariga joylashayotgan talabalar
Umumiy ma’lumot (annotatsiya): “Oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyi namunaviy ichki tartib qoidalari” onlayn kursi talabalarga talabalar turar joyi bilan bog‘liq ichki tartib qoidalarni tushunarli, oson va qiziqarli shaklda yetkazib berishni maqsad qiladi. Mazkur kurs Oliy va o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari talabalar (o‘quvchilar) turar joyi namunaviy ichki tartib qoidalari (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019-yil 1-noyabrdagi 1019-sonli buyrug‘i 2-ilovasi bilan tasdiqlangan) asosida tayyorlangan bo‘lib, ushbu qoidalar barcha talabalar turar joylarida yashovchilar uchun majburiy hisoblanadi. Kurs 8 ta moduldan iborat. Mazkur modullarning har biri qisqacha kirish qismi, asosiy ma’lumotlar, real hayotiy vaziyatlar asosidagi keyslar, qiziqarli va interaktiv sinov testlar va yakuniy qismdan iborat. Kurs yakunida yakuniy test topshiriladi hamda uning natijalari asosida tinglovchilarga sertifikat taqdim etiladi.