Boshqalarga ta’sir ko’rsatishga qodirmisiz?

Ma’lumki har birimiz boshqa odamlarning ta’siriga berilganmiz, ba’zan har bir odam boshqalarga o’ziga ma’lum yo’nalishda ta’sir ko’rsatishga harakat qiladi. Sizda qanchalik ta’sir kuchi borligini tekshirib ko’rishni taklif qilamiz. Agar siz boshqalarga ta’sir ko’rsatishga, ularni ishontirishga qobilligingizni bilmoqchi bo’lsangiz psixologik o’yinimizda ishtirok eting.

1. Aktyor yoki siyosatchi kasbini tanlagan bo‘larmidingiz?
2. Olifta kiyingan va o‘zini olifta tutadigan odamlar sizning g‘ashingizni keltiradimi?
3. O‘z shaxsiy kechinmalaringizni birov bilan o‘rtoqlashishga qodirmisiz?
4. O‘zingizga nisbatan ozgina noma’qul munosabatga ham darxol e’tibor berasizmi?
5. Siz muvaffaqiyatga erishishni xohlagan sohadagi boshqalarning muvaffaqiyati nafsoniyatingizga tegadimi?
6. Faqat o’zingizni ko’rsatish uchun juda qiyin vazifani ham zimmangizga olishga tayyormisiz?
7. Qandaydir o’ziga xos narsaga erishmoq uchun hamma narsani qurbon qila olasizmi?
8. Siz har doim bir xil do’stlar davrasida bo’lishni xohlaysizmi?
9. Hayotda soatma-soat belgilab qo’yilgan qat’iy jadvalga rioya qilasizmi?
10. Kvartirada mebelning o’rnini almashtirishni yaxshi ko’rasizmi?
11. Odatdagi ishni har safar yangicha bajarish sizga yoqadimi?
12. O’ziga bino qo’yganlarning g’ashiga tegishni yaxshi ko’rasizmi?
13. O’z boshlig’ingiz yoki hamma tan oladigan obro’li odamga «siz noxaqsiz» deb ayta olasizmi?