Kommunikatsiya (muloqot) uslubi testi

Kommunikatsiya (muloqot) uslubi testi

1. Mening nazarimda, boshqalarning xatti-harakatlariga taqlid qilish oson emas.
2. Men atrofdagilar diqqatini jalb etish yoki ularni kuldirish uchun har xil qiliqlar qila olgan bo‘lar edim.
3. Mendan tuzukkina aktyor chiqishi mumkin edi.
4. Atrofdagi odamlar nazarida men ba’zi narsalarni haddan tashqari yurakka yaqin olaman.
5. Do‘stlar davrasida men kamdan-kam boshqalarning diqqat markazida bo‘laman.
6. Har xil vaziyatlarda har xil odamlar bilan muloqot qilishda men o‘zimni turlicha tutaman.
7. Men biror narsaga qat’iy ishonganimdagina uni himoya qilib, yoqlab chiqishim mumkin.
8. Odamlar bilan muomala – munosabatda muvaffaqiyat qozonish uchun men atrofdagilarga ma’qul tushadigan xatti-harakatlarni qilishga intilaman.
9. Men «ko‘rgani ko‘zim bo‘lmagan» odamlar bilan ham o‘zimni do‘stona tuta olaman.
10. Men har doim ham o‘zimning haqiqiy sifatlarimni namoyish etmayman.